Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘limi

Atmosfera havosini muhofaza bo‘limning asosiy vazifalari

 

— atmosfera havosini kafolatli sifat darajasi holatiga erishishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

— atmosfera havosini, atrof-muhit va fuqarolarni sog‘liqlari va hayoti uchun qulay holatda bo‘lishini ta’minlash;

— atmosfera havosini holati, shuningdek atmosfera havosini ifloslantiruvchi muqim va ko‘chma manbalar tomonidan atmosfera havosiga ko‘rsatilayotgan zararli kimyoviy ta’siri yuzasidan davlat ekologik nazoratini, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar talablarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

— atmosfera havosini muhofaza qilish borasida davlat ekologik nazorati bo‘yicha vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

— atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish;

— qonun tomondan belgilangan boshqa vazifalarni bajarishdan iborat.